“Al-Hilol” Jotaning ismini aytgan muxlislar ustidan rasmiy shikoyat qildi

Sport

image

“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga Diyegu Jotaning ismini kuylagan “Al-Taavun” muxlislari ustidan rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi.

Saudiya chempionatining 7-turida “Al-Taavun” o‘z maydonida “Al-Hilol”ga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv davomida bir guruh mezbon muxlislar mehmonlar yarim himoyachisi Ruben Neveshning jahlini chiqarish maqsadida marhum Diogu Jotaning ismini aytib, hayqirgan.

“Al-Hilol bunday xatti-harakatlarni, ayniqsa, ular futbolchilar yoki ularning oila a’zolariga ta’sir qilsa yoki shaxsiy haqoratga qaratilgan bo‘lsa, qat’iyan qoralaydi. Barcha ishtirokchilar uchun hurmat va qadr-qimmat saqlanadigan sport muhitini yaratish zarurligini ta’kidlaymiz.

Klub va uning futbolchilari huquqlarini himoya qilish hamda bunday qoidabuzarliklarni amaldagi qoidalarga muvofiq hal etish maqsadida reglamentda ko‘zda tutilgan tartiblarni ishga tushirdik va ushbu hodisa yuzasidan Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga shikoyat qildik”, deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, Ruben Nevesh va Diogu Jota yaqin do‘st bo‘lgan. Ular “Portu”, “Vulverxempton” va Portugaliya terma jamoasida birga o‘ynagan. Diogu Jota 2025 yil 3 iyul kuni 28 yoshida avtohalokat oqibatida vafot etgan. U avtomobilda ukasi Andre Silva bilan birga bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni futbol ligasidan “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda “Al-Taavun” muxlislarining xatti-harakatlari yuzasidan jazo so‘ragani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing