Husiylar Saudiya Arabistonidan 51 milliard dollar talab qildi
Olam
−
11:45 871 2 daqiqa
Yamandagi husiylar harakati Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni töxtatiş uçun bir qator şartlarni ilgari surdi. Ular orasida 51 milliard dollar tovon puli tölaş va Yamandagi husiylar hokimiyatini rasman tan oliş talabi ham bor. Bu haqda “The Wall Street Journal” naşri xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Qizil dengizda neft tankerlariga qilingan hujumlar va Bob al-Mandob böğozi yaqinida joylaşgan Al-Muxa şahri egallanganidan söng husiylar bilan boğlangan. Podşohlik mojaroni tugatiş uçun qanday şartlar qöyilayotganini aniqlaşga uringan.
Husiylar talab qilayotgan 51 milliard dollar köp yillik harbiy zarbalar va qamal oqibatlarini bartaraf etiş, şuningdek, Yamanni qayta tiklaş uçun sarflanişi kerak. Ular Ar-Riyoddan xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Yaman hukumatini qöllab-quvvatlaşni ham töxtatişni söramoqda.
Ar-Riyodning harbiy operatsiya borasidagi xavotirlari
Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon harbiy ustunlikka erişmasdan turib husiylar şartlarini qabul qilişni istamayapti. Mamlakat rasmiylari bu talablarni bajariş guruhni kelgusida yana hujumlar uyuştirişga va qöşimça mablağ talab qilişga rağbatlantirişi mumkinligidan xavotirda.
Şu bilan birga, harbiy harakatlarni kengaytiriş ham Saudiya Arabistoni uçun jiddiy xavf tuğdiradi. Yirik quruqlik operatsiyasi köplab harbiylarning halok bölişiga va mamlakat içida noroziliklar kuçayişiga sabab bölişi mumkin.
“The Wall Street Journal” ma’lumotlariga köra, uruş davomida önlab saudiyalik harbiylar halok bölgan. Biroq bu yöqotişlar rasman oşkor etilmagan. Valiahd şahzoda Yamanga qöşimça qöşinlarni yuboriş qanday oqibatlarga olib kelişidan jiddiy xavotirda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni havo mudofaasi Makka şahriga yaqin hududda husiylarga tegişli dronni şahar ustidan parvoz qiliş taqiqlangan hududga kirişidan oldin urib tuşirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi