Indzagi “Al-Hilol”ni tark etişga qaror qildi

Sport

−

image

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi boş murabbiyi Simone Indzagi jamoani tark etişga qaror qildi. Bu haqda “Football Italia” naşri xabar berdi.

Naşr ma’lumotiga köra, italiyalik mutaxassis 2027 yilning iyul oyiga qadar amal qiladigan amaldagi şartnomasini uzaytirmoqçi emas.

Ma’lumotlarga köra, “Inter”ning sobiq boş murabbiyi Saudiya Arabistonida yiliga 26 million yevro maoş oladi. U 2025 yilning yozida “Al-Hilol”ni qabul qilib olgan. Joriy mavsumda jamoa Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida 11 ta uçraşuvdan söng 30 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda.

Joriy yilning oktyabr oyida OAV “Arsenal” boş murabbiyi Mikel Arteta London klubi bilan şartnomasini uzaytirganidan söng dunyoning eng köp maoş oluvçi murabbiylari reytingida Indzagini ortda qoldirib, birinçi öringa kötarilgani haqida xabar bergan edi. 

Ma’lumot uçun, Simone Indzagi “Al-Hilol” boş murabbiyi sifatida hozirgaça barça musobaqalarda 69 ta uçraşuvda jamoani boşqargan. Bu bahslarda saudiyaliklar 53 ta ğalaba qozonib, 12 marta durang öynagan va 4 bor mağlubiyatga uçragan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing