“Al-Hilol” 224 million dollarga sotildi
Sport
−
11:14 683 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining taniqli milliarder, tadbirkor va investor Al-Valid ibn Talalga tegishli Kingdom Holding kompaniyasi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” futbol klubidagi 70 foizlik ulushni sotib oldi. Bu haqda kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
2023 yil iyul oyidan buyon klubning asosiy aksiyadori Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi (PIF) hisoblanar edi.
Xabarlarga ko‘ra, sotib olingan nazorat ulushining qiymati 840 million saudiya riyoli, ya’ni taxminan 224 million dollarni tashkil etgan. Klubning umumiy aksiya kapitali esa 1,2 milliard riyolga (taxminan 320 million dollar) baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, “Al-Hilol” jamoasi Saudiya Arabistoni chempionligini rekord darajada 19 marta qo‘lga kiritgan klub hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Hilol”ning fransiyalik hujumchi Karim Benzema klubini tark etgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi