Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekistonning mutasaddi vazirlik va idoralar hamda Saudiya Arabistonining “Flynas” aviakompaniyasi va “Seera” turistik agentligi vakillari o‘rtasida videokonferensiya shaklidagi muloqot tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, videokonferensiyada Saudiya Arabistoni Podshohligi delegatsiyasining joriy yil yanvar oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida Buxoro shahrida o‘tkazilgan biznes-forumda “Uzbekistan airways” AJ va Saudiyaning “Flynas” aviakompaniyasi o‘rtasida turizmni rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumida belgilangan vazifalarning amaliy natijalari xususida fikr almashilgan.

“Flynas” aviakompaniyasi vakillari joriy yil 12 iyundan boshlab “Ar-Riyod – Toshkent – Ar-Riyod” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 2020 yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi tufayli Podshohlik o‘z fuqarolarini xorijga chiqishi bo‘yicha vaqtincha cheklovlar o‘rnatgan edi. Ayni paytda Saudiya Arabistoni hukumati o‘z fuqarolariga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan davlatlarga joriy yil 17 maydan boshlab safar qilishga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Haj ziyorati 17-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Aviaqatnov

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing