Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvi AQSH uchun mag‘lubiyat bo‘ldi – OAV
Olam
−
16 mart 2023 9158 2 daqiqa
Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha Xitoy ishtirokida erishilgan kelishuv AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati uchun katta mag‘lubiyat bo‘ldi. Bu hamda “American Thinker” portali xabar berdi.
“Xitoy ikki dushmanni diplomatik munosabatlarni tiklashga ko‘ndirgani haqidagi dahshatli xabar Amerikaning Yaqin Sharq va butun dunyoda diplomatik ta’siriga putur yetkazadigan hayratlanarli mag‘lubiyatdir. Agar Saudiya Arabistonini endi ishonchli ittifoqchi deb bo‘lmasa, bunga ishonish mumkin. Eronni Isroil bilan munosabatlari ostida ushlab turish uchun AQSHning Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatiga oid barcha hisob-kitoblari muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, degan portal sharxlovchisi Tomas Lifson.
Uning so‘zlariga ko‘ra, garchi ommaviy axborot vositalari amerikaliklar buni tushunmasligi uchun hamma narsani qilayotgan bo‘lsada, Qo‘shma Shtatlarning jahon miqyosidagi obro‘si sezilarli darajada pasayib ketgan. AQSHning muhim o‘yinchi sifatidagi ta’sirini pasaytirgan Xitoyning Yaqin Sharqdagi g‘alabasi Bayden ma’muriyati olib kelgan falokatlardan biri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzolangani va ikki oy ichida elchixonalar ochish reja qilingani aytilgandi. Kelishuvga Eronning xavfsizlik bo‘yicha oliy amaldori Ali Shamxaniy va Saudiya Arabistoni milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Musaid bin Muhammad Al-Aybon o‘rtasidagi Pekinda 4 kun mobaynida davom etgan muzokaralar natijasida erishilgandi. Muzokaralar yakunida uch tomonlama bayonot qabul qilingandi. Unda Tehron va Ar-Riyod suverenitet va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiq ekani hamda savdo, iqtisodiyot, madaniyat, fan, texnologiya sohalarida hamkorlikni qayta tiklashni rejalashtirayotgani qayd etilgandi.
Live
Barchasi