Saudiya Arabistoni poytaxtiga raketalar bilan hujum qilindi

Olam

image

Saudiya Arabistonining havo hujumiga qarshi mudofa tizimi Jizan va poytaxt Ar-Riyod shaharlari osmonida ikkita ballistik raketani yo‘q qildi. Bu haqda “Al Arabiya” ma’lum qilmoqda.  

Polkovning Turki al Malikiyning so‘zlariga ko‘ra, 28 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:23 da ikkita ballistik raketa aniqlangan va ular yo‘q qilingan. 

Ta’kidlanishicha, raketalar Sano va Sa’d provinsiyalaridagi (Yaman – tahr) isyonchi-xusiylar tomonidan yuborilgan. 
Al Malikiyning qo‘shimcha qilishicha, hujum oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

2588

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing