Saudiya Arabistoni AQSHga tahdid qildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni AQSHga neft savdosida dollardan voz kechish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Saudiya Arabistoni rasmiy Vashington AQSH sudlariga OPEK mamlakatlariga nisbatan monopoliyaga qarshi da’vo ochish huquqini beruvchi qonunni qabul qilsa, dollardan voz kechishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, No Oil Producing and Exporting Cartels Act (NOPEC) nomli qonun loyihasi AQSH Kongressida muhokama qilinyapti. Agar qonun qabul qilinsa, u AQSH sudlarida neft ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan narxlarning maxfiy kelishuvi borasida sudlashish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, qonunga dollardan voz kechish bilan javob qaytarish varianti qirollikning yuqori martabali amaldorlari orasida so‘nggi oylar davomida muhokamad bo‘lgan.

Shu bilan birga, bu masala OPEK a’zolari va rasmiy Ar-Riyod o‘rtasida ham muhokama qilingani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni neft'

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing