Sardor Rahimxon og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

“Vaqf“ xayriya jamoat fondining “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktori Sardor Rahimxonning onasi vafot etdi.  Buni  O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Sardor Rahimxonning onalari vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi. Alloh taolo marhumani o‘z mag‘firatiga olsin”, deyiladi idora xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, Sobiq xonanda va “Yurak amri” xayriya fondi faoliyati bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Sardor Rahimxon joriy yilning 1 noyabr kuni “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'ziya Sardor Rahimxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing