“Sardoba fojiasi”: Alisher Usmonov O‘zbekiston va Qozog‘istonga 15 mln dollar xayriya qildi

Jamiyat

image

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni yorilishi natijasida yuzaga kelgan toshqindan jabrlanganlarga yordam berish uchun 15 mln dollar xayriya qildi

Usmonov bu mablag‘ni toshqindan jabr ko‘rgan ikki davlat: O‘zbekiston (10 mln dollar) va Qozog‘istonga (5 mln dollar) yordam berish uchun ajratgan.

Suv ombori yorilishi natijasida O‘zbekistonda 10 dan ortiq qishloqni suv bosdi, 100 mingga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Toshqinda to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Suv toshqini Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga zarar yetkazdi. Tumanda 4 qishloqni suv bosdi, 10 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Bu Alisher Usmonovning joriy yil O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan ikkinchi yordam. Bungacha milliarder koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun avval 20 mln dollar, so‘ng yana 5 mln dollar yordam ajratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Sardoba suv ombori

Baholaganlar

430

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing