Sanjar Tursunov butsalarini mixga ildi
Sport
−
17 fevral
6493O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sanjar Tursunov 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda u Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Bugun men professional futboldagi faoliyatimga yakun yasaganimni e’lon qilmoqchiman. Butun futbol jamoatchiligiga, milliy jamoa va faoliyatim davomida o‘ynagan barcha klublarga, murabbiylarga, jamoadoshlarimga hamda futbol muxlislariga tashakkur izhor etaman”, deydi Tursunov.
Ma’lumot o‘rnida, Tursunov O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosi ostida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. U futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Irtish Omsk”, “Volga”, “Alaniya”, “Orenburg”, “Vorskla”, “Umm Salal”, “Al-Huritiyat”, “Tejon”, “Bunyodkor”, OKMK va “Lokomotiv” klublarida to‘p tepgan.
Qayd etish kerak, Sanjar Tursunov 2012 yilda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.