Santush Portugaliya postidan ketdi

Sport

image

Portugaliya jamoasi ustozi Fernandu Santush terma jamoa murabbiyligini tark etdi. Bu haqda kecha, 15 dekabr kuni Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) matbuot xizmati xabar berdi.

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022da Portugaliya terma jamoasi 1/4 finaldan o‘ta olmadi va Marokash termasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

“Milliy terma jamoaning Qatardagi Jahon chempionatidagi o‘yinlaridan so‘ng Fernando Santush jamoadan ketishga qaror qildi. U bilan jamoamiz birinchi marta ikkita xalqaro turnirda g‘olib chiqdi. FPF Santush va uning shtabiga qilgan barcha ishlari uchun minnatdorlik bildiradi”, deyiladi Federatsiya bayonotida.

Santush 68 yoshda va u 2014 yildan buyon Portugaliya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2016 yilda Yevropa chempioni, 2019 yilda esa Millatlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Bungacha u Portugaliyaning "Portu", "Sporting", "Benfika", shuningdek, Gretsiyaning AEK, PAOK va "Panatinaikos" klublarini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Santush

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing