Portugaliyalik futbolchilarga matbuot anjumanlarida ingliz tilida gapirish taqiqlandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi matbuot xizmati vakili Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati rasmiy matbuot anjumanlarida terma jamoa a’zolarining jurnalistlar bilan ingliz tilida muloqot qilishini taqiqladi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Dushanba kuni Dohada o‘yinoldi an’anaviy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, unda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush va jamoa himoyachisi Ruben Diash ishtirok etdi. Futbolchi Angliyaning “Manchester Siti” jamoasida o‘ynaydi. Diash bir necha bor ingliz tilida savollar bergan jurnalistlarga shu tilda javob berishga uringan. Biroq har safar uni terma jamoa matbuot xizmati vakili to‘xtatib, faqat portugal tilida gapirishni talab qilgan. Bunday holat matbuot anjumanida uch marta takrorlangach, futbolchi qo‘llarini ko‘tarib kulib yuborgan.

Boshqa terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari savollarga ingliz tilida javob qaytargan.

Bugun, 6 dekabr kuni Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Shveysariya termasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Diash

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing