Ronaldu Saudiya klubi bilan 200 million yevrolik shartnoma imzolash arafasida turibdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, jarayonlar yakunlanish arafasida turibdi. Portugaliyalik futbolchi klub bilan 2,5 mavsumga shartnoma imzolashi kutilmoqda.  Shartnomaga ko‘ra, Ronaldu "Al-Nasr"da yiliga 200 million yevro maosh oladi. 

Yevropa jamoalarining hech biri Ronalduga Saudiya klubichalik jiddiy shartnoma taklif qila olmadyi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, MYU Ronalduning shov-shuvli intervyusidan so‘ng u bilan shartnomani bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing