Ronaldu JCH-2030 uchun Saudiya elchisi vazifasini bajarmaydi

Sport

image

Saudiyaning "Al-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining 2030 yilgi Jahon chempionatiga da’vogarligi uchun elchi bo‘lmaydi.

"Al-Nasr" hujumchisi Saudiya Arabistoniga JCH-2030 uchun elchilik qilib bersa 200 million yevro ishlab olishi mumkin edi.

"Al-Nasr" klubi matbuot xizmati xabar berishicha, OAVda tarqalgan xabarlardan farqli o‘laroq, Krishtianu Ronalduning "Al-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi JCH uchun hech qanday majburiyatlarni nazarda tutmaydi.

"Ronalduning asosiy e’tibori "Al-Nasr"dagi faoliyatiga qaratiladi va jamoadoshlari bilan hamkorlikda klub muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradi”,  deyiladi Saudiya klubi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik "Al-Nasr" bilan 2,5 yil muddatga shartnoma imzolagan va har mavsum uchun taxminan 200 million yevro maosh oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing