YouTube'da Ronalduning soxta videosi 17 milliondan ortiq “prosmotr” to‘pladi

Sport

image

Ayyor YouTube foydalanuvchisi "Al-Nasr" o‘yinchisi Krishtianu Ronalduning mavjud bo‘lmagan golini e’lon qilib, ko‘p sonli ko‘rishlar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

YouTuber'ning videosi 17 milliondan ortiq ko‘rilgan, 37 yoshli portugaliyalik esa yangi jamoada hali debyutini o‘tkazmagan. Videoning muqovasida Ronaldu arab klubi futbolkasida tasvirlangan.

Ronalduni anchadan buyon kuzatib kelayotgan muxlislar bu video ishonchsiz ekanligini, muqova esa ataylab ko‘rishlar sonini oshirish uchun qilinganini tezda payqashdi. Portugaliyalikning "Al-Nasr"dagi birinchi o‘yini Krishtianu "Manchester Yunayted"da o‘ynagan vaqtida olgan diskvalifikatsiyasi hisobiga cho‘zilmoqda.

Avvalroq, Riyod jamoasi kamerunlik Vensan Abubakarni qaydnomadan chiqarib, uning o‘rniga portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni ro‘yxatdan o‘tkazgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing