“Al-Nasr” legionerlar muammosini hal qildi. Masharipov klubda qoladimi?

Sport

image

Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi legionerlar limiti bilan bog‘liq muammoni hal qildi. Bu haqda jurnalist Rud Galetti o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "Al-Nasr" kamerunlik hujumchi Vensan Abubakarni qaydnomadan chiqarib, uning o‘rniga portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Shunday qilib, Riyod klubi 8 nafar xorijlik legioner uchun limit talabini bajardi.

Jamoadagi legionerlar:

Darvozabon – David Ospina (Kolumbiya);

Himoyachilar – Alvaro Gonsales (Ispaniya), Gislen Konan (Kot-d'Ivuar);

Yarim himoyachilar – Gonsalo Martines (Argentina), Luis Gustavo va Anderson Taliska (ikkisi Braziliya);

Vinger – Jaloliddin Masharipov (O‘zbekiston);

Hujumchi – Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).

Eslatib o‘tamiz, OAVda Ronaldu kelgach, o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov "Al-Nasr"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Masharipov Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing