Ronaldu “Al-Nasr”ga o‘z talablarini qo‘yishni boshladi
Sport
−
06 yanvar 2023 19386 1 daqiqa
"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Portu" klubi himoyachisi Pepeni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu hozirgi klubida sobiq jamoadoshlaridan biri bo‘lishini xohlaydi. Portugaliyalik hujumchi hattoki ilk muzokaralar chog‘ida ham "Al-Nasr" rahbariyati bilan Pepe nomzodini muhokama qilgan. Hozirda Saudiya klubi Pepeni asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylantirgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu va Pepe "Real Madrid" klubida birga to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Al Nasr”ga 2022 yilning dekabr oyi oxirida kelib qo‘shildi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u mavsumiga 200 million yevro maosh oladi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust