Ronalduning “Al-Nasr”dagi debyuti kechikadi

Sport

image

O‘tgan mavsum APLda "Everton" bilan o‘yindan keyin "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yosh muxlislardan birining qo‘lidagi telefonini urib yuborgandi. Oqibatda futbolchi 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu esa Ronalduning Saudiya chempionatidagi debyutiga ta’sir etmay qolmaydi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, bitta ligada qo‘yilgan taqiq boshqa mamlakatlar chempionatlariga ham tegishli bo‘lishi kerak. FA komissiyasining qaroridan so‘ng Angliya Premer-ligasi xalqaro tanaffusga chiqdi, shundan keyin Ronaldu va "Manchester Yunayted" shartnomani bekor qildi. Demak, portugaliyalik haligacha jazoni o‘tamagan hisoblanadi. 

"Al-Nasr" bugun, 5 yanvar kuni "Al-Tai" klubi bilan navbatdagi o‘yinni o‘tkazadi, shundan so‘ng, 14 yanvar kuni klub turnir jadvalidagi asosiy raqibi "Al-Shabab" bilan o‘ynaydi. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2021-2022 yilgi mavsum MYUda umumiy 40 ta bahsda maydonga tushib, 19 ta gol urishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing