Saudiya Arabistoni transferlarga salkam 20 milliard yevro ajratmoqda

Sport

image

Saudiya Arabistoni sport vazirligi futbolchilarning transferi uchun juda katta mablag‘ ajratadi. Bu haqda insayder Ben Jeykobs o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya sport vazirligi 2030 yilga qadar futbolchilarni xarid qilish uchun taxminan 19,6 milliard yevro mablag‘ sarflaydi.

Hozirga qadar Krishtianu Ronaldu, Ngolo Kante, Karim Benzema, Roberto Firmino, Sergey Milinkovich-Savich va boshqa ko‘plab yulduz futbolchilar Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tdi.

Hozirda mamlakatning “Al-Hilol” klubi Fransiya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchi Kilian Mbappe transferi ustida ish olib bormoqda. “Al-Hilol” rahbariyati hujumchi uchun 300 million yevro to‘lashga tayyor. Futbolchining o‘ziga yillik maoshi 700 million yevro bo‘lgan shartnoma taklif qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Al-Hilol Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing