Husanov YCHLda tezlik bo‘yicha faqat Mbappedan ortda qoldi (video)

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov UEFA Chempiolar ligasining guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Sofascore” portali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe 34,9 km/soat tezlik bilan ro‘yxatda yetakchi bo‘lgan. Abduqodir Husanov esa 34,7 km/soat ko‘rsatkichi bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

Manbaga ko‘ra, Husanov bu ko‘rsatkichga joriy yilning 28 yanvar kuni “Manchester Siti” va “Galatasaroy” uchrashuvida qayd etilgan. Abduqodir ushbu bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan.

Qayd etilishicha, joriy mavsum Chempionlar ligasining guruh bosqichida Husanov to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan va barcha o‘yinlarda intizomli harakat qilib, biror marta ham ogohlantirish olmagan. Shuningdek, u mazkur o‘yinlarda o‘rtacha 95 foiz aniq paslar amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra, Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) 2025 yil uchun ramziy terma jamoasiga kiritilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe “Manchester Siti” Abduqodir Husanov Chempiolar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing