Yana “Citi” va “Real”. YCHL 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi
Sport
−
27 Fevral 8637 1 daqiqa
Bugun, 27 fevral kuni 2025-2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir an’anaviy tarzda Non shahrida, UEFA bosh qarorgohida tashkil etildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, 1/8 final juftliklari quyidagicha:
- PSJ – “Chelsi”
- “Galatasaray” – “Liverpul”
- “Real Madrid” – “Manchester Siti”
- “Atalanta” – “Bavariya”
- “Nyukasl” – “Barselona”
- “Atletiko Madrid” – “Tottenxem”
- “Budyo-Glimt” – “Sporting”
- “Bayer” – “Arsenal”
.jpg)
Ma’lumot uchun, 1/8 finalning birinchi o‘yinlari joriy yilning 10-11 mart kunlari, javob bahslari esa 17-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning hal qiluvchi bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtda “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr