Dyumfris “Real” futbolchisiga aylandi – Romano

Sport

image

Madridning “Real Madrid” klubi “Inter” hamda Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfrisni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv to‘liq yakunlangan va transferning barcha tafsilotlari kelishib olingan.

Ta’kidlanishicha, “Real Madrid” 30 yoshli futbolchining shartnomasida ko‘zda tutilgan 20 million yevrolik tovon puli bandini faollashtiradi. Shuningdek, niderlandiyalik futbolchining ham “Real Madrid”ga o‘tishga rozilik bildirgani qayd etilmoqda. Transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Denzel Dyumfris barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” “Inter” Denzel Damfris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing