“Real” YCHLda katta daromad yo‘qotdi – OAV

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi UEFA Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichida 9,2 million yevro miqdorida moliyaviy yo‘qotishga uchradi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “qirollik klubi”ning “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Benfika” jamoalariga qarshi uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlari jami 6,3 million yevro zarar keltirgan. Shuningdek, turnir jadvalida so‘nggi turda uchinchi o‘rindan to‘qqizinchi pog‘onaga tushib ketishi yana 1,9 million yevro yo‘qotishga sabab bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, “Real Madrid” pley-off bosqichiga chiqqanligi uchun 1 million yevro mukofot puli olgan. Agar jamoa 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olganida, ushbu summa 2 million yevroni tashkil etar edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Ispaniya grandi Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqish uchun pley-off bosqichida mag‘lub bo‘lsa, klub yana 11 million yevro yo‘qotishi mumkin. Umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, “Real Madrid” jami 39 million yevro mukofot puliga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Madrid jamoasi 1/8 final bosqichiga chiqish uchun pley-off bosqichida Portugaliyaning “Benfika” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Real Madrid” “Benfika”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar