Superkompyuter Chempionlar ligasi favoritlarini aniqladi

Sport

image

Nufuzli “Opta” superkompyuteri 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan jamoalar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Arsenal” 21,2 foizlik ko‘rsatkich bilan musobaqaning asosiy favoriti bo‘lib turibdi. “Bavariya” 19,9 foiz bilan ikkinchi, “Manchester Siti” esa 12 foiz bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Amaldagi chempion “Pari Sen-Jermen”ning turnirda ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqish ehtimoli 7,7 foizga baholangan. “Barselona” esa 7 foizlik ko‘rsatkich bilan kuchli beshlikni yakunlagan. Madridning “Real” klubining chempionlik imkoniyatlari 5,1 foiz deb baholangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Pari Sen-Jermen” finalda “Arsenal”ni mag‘lub etib, Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan edi. Parijliklar shu tariqa turnirda ikkinchi bor ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing