Jahon chempionligiga asosiy da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
08 iyul 9321 1 daqiqa
Nufuzli “Opta” tahlil kompaniyasi superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati chorak final bosqichi oldidan turnir favoritlari bo‘yicha yangilangan prognozini e’lon qildi. Superkompyuter talqiniga ko‘ra, Fransiya hamon chempionlik uchun asosiy favorit bo‘lib qolmoqda.
Portal prognozlariga ko‘ra, fransuzlarning bosh sovrinni qo‘lga kiritish ehtimoli 27,32 foiz deb baholangan. Avvalgi prognozda bu ko‘rsatkich 28,89 foizni tashkil etgan edi.
Ikkinchi o‘ringa Ispaniya ko‘tarilgan. Ushbu jamoaning chempionlik imkoniyati 21,33 foiz deb baholanmoqda. Bu 1/8 final oldidagi 12,96 foizlik prognozga nisbatan sezilarli o‘sishdir.
Kuchli uchlikni esa Argentina yakunlab turibdi. Amaldagi chempionlarning turnirda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 17,28 foizga baholangan.
“Opta” superkompyuteri prognozlariga ko‘ra, chorak finalda ishtirok etayotgan jamoalar orasida chempionlik ehtimoli eng past deb baholangan terma jamoalar – Norvegiya (3,78 foiz), Shveysariya (3,46 foiz), Marokash (3,66 foiz) va Belgiya (3,58 foiz) hisoblanadi. Ushbu terma jamoalardan biri g‘olib chiqsa, u o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionligiga erishgan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Ispaniyaga 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turnirni tark etgandi.
Live
Barchasi