Superkompyuter Fransiya – Ispaniya uchrashuvi favoritini aniqladi

Sport

image

Nufuzli “Opta” superkompyuteri Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim final uchrashuvi bo‘yicha o‘z prognozini taqdim etdi. Bu haqda portal rasmiy sahifasida xabar berildi.

25 mingta simulyatsiya natijalariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi uchrashuv favoriti sifatida baholangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, fransuzlar asosiy vaqtda 43,9 foiz holatda g‘alaba qozonadi.

Ispaniyaning 90 daqiqa ichida g‘alaba qozonish ehtimoli 29,0 foiz deb baholangan. Qolgan 27,1 foiz holatda esa o‘yin durang bilan yakunlanib, qo‘shimcha vaqtgacha cho‘zilishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Opta” hisob-kitoblariga ko‘ra, Fransiya Jahon chempionligi uchun ham asosiy da’vogar hisoblanadi. Dide Desham shogirdlarining bosh sovrinni qo‘lga kiritish ehtimoli 34,6 foizga teng. Amaldagi Yevropa chempioni Ispaniyaning chempionlik imkoniyati esa 23,8 foiz deb baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim final bahsi bugun, 14 iyul kuni AQSHning Arlington shahridagi “Dallas” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing