Superkompyuter “El-Klasiko” favoritini aniqladi

Sport

−

image

Nufuzli “Opta” superkompyuteri Ispaniya çempionatining 10-turi doirasida bölib ötadigan “El-Klasiko” uçraşuvi favoritini e’lon qildi. Unga köra “Barselona” va “Real Madrid” örtasida uçraşuvida kataloniyaliklarning ğalaba qozoniş imkoniyatini yuqoriroq.

Portal hisob-kitoblariga köra, “Barselona”ning ğalaba qozoniş ehtimoli 54,4 foizni taşkil etadi. “Real Madrid”ning ğalabasi 26,1 foizga, durang natijasi esa 19,5 foizga baholangan.

“Opta” superkompyuteri 10 mingta simulyatsiya natijasi asosida prognoz tuzgan. Uşbu körsatkiçlar “Barselona”ni bölajak uçraşuvning asosiy favoriti sifatida körsatmoqda. 

Qayd etiş joiz, superkompyuter prognozi öyin natijasini kafolatlamaydi. Uçraşuvdagi yakuniy natija maydondagi voqealarga boğliq böladi.

Ma’lumot uçun, “El-Klasiko” uçraşuvi bugun, 25 oktyabr kuni “Kamp Nou” stadionida bölib ötadi va Toşkent vaqti bilan 01:00 da boşlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua gripp bilan kasallangani sababli  “Barselona”ga qarşi safar uçraşuvini ötkazib yuborişi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing