Dunyo Falastinni yolg‘iz qoldirdi – Gvardiola
Sport
−
19 noyabr 2264 2 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola kecha, 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kataloniya va Falastin o‘rtasidagi xayriya, o‘rtoqlik o‘yini oldidan stadionni to‘ldirishga chaqirdi va bu uchrashuvning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladi. Bu haqda RAC1 xabar berdi.
“Bu ramziy o‘yindan ko‘ra yuqoriroq. Bugun hamma narsa ayon va bu qarama-qarshilik fonida falastinliklar dunyoning ular haqida o‘ylayotgan bir qismi borligini ko‘rishadi”, deydi Gvardiola Kataloniyaning RAC1 radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Gvardiola xalqaro hamjamiyatning Falastin bo‘yicha sustkashligini keskin tanqid qildi:
“Dunyo Falastinni yolg‘iz qoldirdi. Biz mutlaqo hech narsa qilmadik. U yerda tug‘ilganliklari uchun ular aybdor emas. Biz butun bir xalqni yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ydik”, deydi murabbiy.
Murabbiy hukumatlar masalasida ham qat’iy fikr bildirdi:
“G‘azodagi qirg‘inlarni himoya qila oladigan odam tasavvurimga sig‘maydi. Farzandlarimiz u yerda tug‘ilgani uchungina o‘ldirilishi mumkin. Men rahbarlarga kam ishonaman. Ular hokimiyatda qolish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi”.
Gvardiola uchrashuv birdamlikdan tashqari, muhim ijtimoiy xabardorlikni kuchaytirishiga ishonadi:
“Bunday ramziy o‘yinlar ogohlikni oshiradi, lekin uning ortida harakat bo‘lishi ham kerak. Bu futbol o‘yini, lekin u Falastinga quvonch olib kelishini istaymiz”, deydi Gvardiola.
Kataloniya va Falastin o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik turniri 2:1 hisobida Kataloniya foydasiga yakunlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv uchun 25 mingga yaqin chipta sotilgan.
Live
Barchasi