“Sity” rad etdi: Gvardiola “Yuventus”ga o‘tmaydi.

Sport

image

Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola “Manchester Siti”da ishlashni davom ettiradi. Buni klub direktorlar kengashi a’zosi Alberto Galassi aytib o‘tgan.

“Manchester Siti haqida bunday bema’ni xabarlarning tarqalishidan hayronman. Sababi Gvardiola o‘tgan haftada OAVga Angliyada qolishini ma’lum qilgan edi.

Birinchidan, u biz bilan boshlagan ishini davom ettirishni xohlaydi. Ikkinchidan, uning klub bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Men “Yuventus” kabi klub bunday xabarlarni tarqatishiga ishonmayman. Agar ular buni xohlashganida birinchi biz bilan bog‘lanar edi”, deb aytib o‘tgan Galassi.

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola “Manchester Siti” boshqaruviga 2016 yilda kelgan edi. Ortda qolgan ikki mavsum davomida u ikki marta premer liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek u ikki marta Liga kubogi va bir martadan Angliya kubogi va superkubogini o‘ziniki qilib olgan.

E’tiborlisi, u Angliyada eng qisqa vaqt ichida 6 ta sovrinni qo‘lga kiritgan dastlabki murabbiyga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Yuventus Pep Gvardiola

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing