“Juventus” futbolchisi klubdan ketmoqchi

Sport

image

Italiyaning “Juventus” klubi himoyachisi Matteys de Ligt “zebralar” rahbariyatidan o‘zini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishlarini so‘radi. Bu haqda “Bild” nashri xabr berdi.
 
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik himoyachi joriy yilning yozidayoq Turin klubini tark etmoqchi. Matteys klubga o‘z xohishni ochiqlagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u "Bavariya"ga o‘tmoqchi.

Qayd etish jozki, 2019 yilning 18 iyulida de Ligt Amsterdamning “Ayaks” klubidan Italiyaning “Juventus” klubiga 75 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Italiyadagi debyut  2019-2020 yilgi mavsumida Matteys mamlakat chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 22 yoshli Matteys de Ligt “Juventus” safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali niderlandiyalik iqtidor egasini 70 million yevroga baholamoqda.  Himoyachining "keksa sinora" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha tuzilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yuventus

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing