Ronalduni ustidan kulgan 8 yashar qizga o‘lim bilan tahdid qilishdi (Video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Portugaliya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022dan chiqib ketishi haqida hazillashgan 8 yoshli marokashlik qizga tahdid qildi.

Qiz Qatardagi jahon chempionati chorak finalida Marokash termasining Portugaliya ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng olingan video orqali ijtimoiy tarmoqda mashhur bo‘ldi. Videoda 8 yashar qiz: “Portugaliya! Aeroport bu yerda. Ronaldu qayerda? U mashinada yig‘layapti. Bechora Ronaldu", deb aytgan.

Ronalduning muxlislari qizga ijtimoiy tarmoqlarda hatto o‘lim bilan tahdid qildi. Ronalduning ba’zi muxlislari qizning onasi qizi nomidan kechirim so‘rashini ham xohlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

2953

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing