Ronalduning oldida faqat bitta yo‘l bor
Sport
−
21 dekabr 2022
13868Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini faqatgina Saudiyaning “Al-Nasr” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Saudiya klubi 37 yoshli futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqqan yagona jamoa hisoblanadi. Shuningdek, Qatarning "Al-Sadd" klubi Ronalduga taklif bilan chiqishga tayyor edi, biroq Krishtianu Qatar jamoasi bilan hech qanday muzokara o‘tkazmagani ma’lum bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, Ronalduning "Al-Nasr"dagi maoshi yiliga 200 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq Saudiya klubi portugaliyalik bilan 2022 yil oxirigacha shartnoma imzolashi kutilayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu mavsumni "Manchester Yunayted"da boshladi, ammo Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 startidan avval ingliz klubi bilan shartnomani bekor qildi. JCHda Portugaliya terma jamoasi 1/4 finalga chiqdi va Marokashga imkoniyatni boy berdi (0:1).
LiveBarchasi