Sanksiyalar sabab ilk Rossiya kompaniyasi defoltga uchradi – “Bloomberg”

Olam

image

“Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi yevrobondlar bo‘yicha majburiyatini bajara olmagani uchun defoltga uchradi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi Kredit derivativlari qo‘mitasiga tayanib, xabar bermoqda.

Gap to‘lov muddati 14 mart bo‘lgan Shveysariya frankidagi yevroobligatsiyalar haqida bormoqda. “Rossiya temir yo‘llari” to‘lovni amalga oshirishga uringan, biroq unga nisbatan kiritilgan sanksiyalar tufayli buni uddalay olmagan.

“The Bell” nashrining yozishicha, “Rossiya temir yo‘llari” defolt deb tan olingan birinchi Rossiya kompaniyasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb davlatlari Rossiyani defolt deb e’lon qilsa, Moskva sudga murojaat qilish niyatida.


Maqola muallifi

Teglar

defolt

Baholaganlar

758

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing