Rossiya 100 yilda birinchi marta defoltga uchradi – “Bloomberg”
Olam
−
27 iyun 2022
27552Bugun, 27 iyunga o‘tar kechasi Rossiyaning kreditlari bo‘yicha 100 mln dollarlik foizlarini to‘lash uchun imtiyozli muddati tugadi. “Bloomberg” nashrining yozishicha, bu holat defolt deb baholanadi.
Unda qayd etilishicha, defolt “xorijiy kreditorlarga to‘lov yo‘llarini to‘sib qo‘ygan G‘arbning tobora kuchayib borayotgan sanksiyalarining cho‘qqisi bo‘ldi” va 1918 yildan beri birinchi marta yuz berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “bu mamlakatning tezda iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy quvg‘indiga aylanganidan dalolatdir”, chunki “markaziy bankning valyuta zaxiralari muzlatilgan, eng yirik banklar esa jahon moliya tizimidan uzilgan”.
“Bloomberg” o‘z navbatida “Rossiya iqtisodi va bozorlariga yetkazilgan zarar hisobga olinsa, hozircha defolt asosan ramziy ma’noga egaligini va ruslar uchun unchalik katta ahamiyatga ega emasligini” tan olgan.
Hisobotda aytilishicha, Rossiya bir vaqtning o‘zida har qanday hisob-kitoblarni qoplash uchun mablag‘lari borligini aytmoqda. U o‘tgan hafta 40 milliard dollarlik suveren qarzga rublda xizmat ko‘rsatishga o‘tishini e’lon qildi.
LiveBarchasi