Qarzga botgan AQSH: Bayden 5 iyungacha yangi qonun imzolanishiga umid qilmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden 5 iyungacha suveren defoltning oldini oluvchi qonun loyihasi Kongress tomonidan ma’qullanishini kutmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Bugun, 31 may kuni qonunchilar federal xarajatlarning o‘sishini cheklash evaziga ikki yilga davlat qarzini kamaytirish tashabbusini muhokama qila boshlaydi.

“O‘ylaymizki, u (qonun loyihasi) Vakillar palatasi, Senatdan o‘tadi va Prezident uni 5 iyungacha imzolaydi”, dedi Jan-Per. 

G‘aznachilik departamentining hisob-kitoblariga ko‘ra, qarz olish chegaralarini kengaytirish uchun Kongressning roziligisiz Qo‘shma Shtatlar 5 iyunga qadar moliyaviy majburiyatlarini bajara olmaydi, bu esa milliy va jahon iqtisodiyoti uchun halokatli oqibatlarga olib keladi.

Qonun loyihasi hafta oxirida Bayden va Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti tomonidan erishilgan murosa kelishuvlariga asoslangan edi.

Florida gubernatori Ron DeSantis Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ilk bor chiqishida "qarz kelishuvi" AQSHning bankrot bo‘lish yo‘lidagi og‘irligini to‘g‘irlamaganini, aksincha uni yanada yomonlashtirganini aytdi.

U Oq uy va Kongressdagi respublikachilar o‘rtasida tanqid qilgan kelishuvlar federal byudjet xarajatlarining o‘sishini cheklash va qarz olish chegaralarini kengaytirish orqali suveren defoltning oldini olishga qaratilgan.

“Biz hozir Vashington eng so‘nggi, men iqtibos keltiraman, "qarz bitimi"ni tuzganini ko‘rmoqdamiz. Va men sizga shuni ayta olamanki, bizning mamlakatimiz qarz bitimidan oldin ham bankrotlik tomon burildi va bundan keyin ham egilishda davom etadi”, dedi DeSantis Ayova shtatidagi saylovoldi tashviqotida. 

Shuningdek, u yaqin kunlarda Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan kelishuv ikki yil ichida 4 trillion dollarlik yangi qarzga “yashil chiroq berishi”ni aytib o‘tdi.

"4 trillion dollarlik qarzni yig‘ish uchun bizga qariyb 200 yil kerak bo‘ldi. Bu (kelishuv - tahr.) kovid davridagi xarajatlarning inflyatsiya darajasini belgilaydi va (AQSH Prezidenti) qaror qilgan 87 000 yangi soliq agentining 98 foizini tejaydi", dedi DeSantis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH defolt ostida qolishi mumkinligi, bunga javoban Prezident Jo Bayden Kongressning Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartini davlat qarzi bo‘yicha defoltning oldini olishga chaqirgandi. Bir necha hafta davom etgan keskin muzokaralardan so‘ng, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Vakillar palatasida respublikachilar davlat qarzining chegarasini oshirish va xarajatlarni cheklash bo‘yicha kelishuvga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kongress Jo Bayden defolt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing