Demokratlar AQŞ Kongressining ikkala palatasini ham nazoratga oldi
Olam
−
12:51 590 4 daqiqa
Demokratik partiya AQŞdagi oraliq saylovlarda ğalaba qozondi. Bu haqda eng yirik Amerika OAVlari tomonidan e’lon qilingan ovoz beriş natijalarida keltirilgan.
Senatda demokratlar kamida 54 ta öringa ega bölmoqda, şu jumladan, Texas va Kanzasda – önlab yillar davomida respublikaçilar ğalaba qozonib kelgan ştatlardagi poygalarda zafar kuçdi. Vakillar palatasida ham demokratlar köpçilikni qölga kiritişga muvaffaq böldi. Ovozlarni hisoblaş davom etmoqda.
AQŞdagi oraliq saylovlardan söng Senatdagi 100 ta örindan kamida 54 tasi demokratlar nazoratida böladi. Ba’zi ştatlarda, masalan, Alyaskada, ovozlarni hisoblaş endi boşlandi, şu sababli partiyaning yakuniy ustunligi keyinroq ma’lum böladi. Kongress yuqori palatasining avvalgi çaqiriğida Respublikaçilar partiyasi 53 ta mandatni nazorat qilayotgan edi.
Ötgan saylovlar davomida demokratlar nafaqat köpçilik ikkilanuvçi ştatlarda, balki 2026 yil 3 noyabrga qadar respublikaçilarni qöllab-quvvatlaşning istehkomi deb hisoblangan bir qator ştatlarda ham ğalaba qozonişga muvaffaq böldi. Jumladan, Texasda demokrat Jeyms Talariko AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan qöllab-quvvatlangan respublikaçi Ken Pakston ustidan ğalaba qozongan. Gap Dempartiya vakilining 1988 yildan beri Texasdan Senatdagi örin uçun poygadagi birinçi ğalabasi haqida bormoqda. Talariko uçun saylovçilarning 53 foizdan ortiği ovoz bergan, Pakstonni esa 44 foizga yaqini qöllab-quvvatlagan. 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Tramp uşbu ştatda demokratlar nomzodi Kamala Xarrisni 14 foizga ortda qoldirgan.
Kanzasda demokrat Adam Hemilton amaldagi senator-respublikaçi Rojer Marşall ustidan ğalaba qozonib, raqibining 46 foiz ovozlariga qarşi 50 foizdan ortiq ovoz olgan. Demokratlar Kanzasdan Senatdagi örinni egallaşga 1932 yildan beri, ya’ni 94 yil davomida muvaffaq bölmayotgan edi, bu vaqt içida yuqori palatada ştat nomidan yagona ravişda respublikaçilar vakillik qilib kelgan. 2024 yilda Tramp bu ştatda Xarrisni 16 foiz ustunlik bilan mağlub etgan.
“The Hill” naşrining qayd etişiça, bir yil avval demokratlarning Senatga saylovlardagi bunday işonçli ğalabasi imkonsizdek tuyulgan. Biroq Trampning past reytingi hatto ikki yil avval – 2024 yilda – Oq uyning amaldagi rahbari Kamala Xarrisni işonçli tarzda ortda qoldirgan ştatlarda ham partiyaning pozitsiyalariga jiddiy putur yetkazgan. Naşrning yozişiça, deyarli saylovoldi kampaniyasi davomida tahlilçilar demokratlarning Senatni nazoratga oliş imkoniyatlarini 50 foizdan past deb baholagan.
Vakillar palatasida ham demokratlar işonçli ğalabani qölga kiritişga muvaffaq böldi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Demokratik partiya Kongressning quyi palatasida 225 dan ortiq mandatga ega bölmoqda. Biroq ularning yakuniy ustunligi keyinroq oydinlaşadi: ovozlarni hisoblaş 435 ta saylov okrugidan taxminan 80 tasida davom etmoqda. Bunga qadar respublikaçilar Vakillar palatasini kiçik ustunlik bilan nazorat qilib kelayotgan edi.
“Men uşbu natijalarni tan olişga tayyorman. Biz demokratlar bilan hamkorlik qilamiz va, bilasizmi, ular bilan işlaş imkoniyatini intiqlik bilan kutamiz. Biz biror narsa öylab topamiz”, deydi Tramp “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida.
Şuningdek, u özining “Truth Social” ijtimoiy tarmoğida partiyadoşlarining mağlubiyatini ötgan saylovlarda öz nomzodi yöqligi bilan izohlagan.
“Men saylov byulletenida yöq edim. Agar unda bölganimda, biz KATTA FARQ BILAN ğalaba qozongan bölardik!”, deb yozdi u.
Oq uy rahbari, şuningdek, “veto” yozuvi bölgan qizil kepka suratini e’lon qilgan. Avvalroq, u demokratlar ğalaba qozongan taqdirda “mister veto” bölişga va raqiblarning barça qonun loyihalarini bloklaşga va’da bergan. Köp ötmay “Politico” naşriga bergan intervyusida AŞQ Prezidenti fikridan qaytganini ma’lum qildi.
“Mamlakatimiz farovonligini ta’minlaş uçun biz demokratlar bilan işlaymiz. Bu juda muhim. Men şunçaki ikki yil ötirib, hamma narsaga veto qöyişni xohlamayman”, deydi u.
Tramp Demokratik partiya yetakçilari allaqaçon unga qönğiroq qilib, u bilan işlaşni xohlaşlarini bildirganini qayd etgan.
Live
Barchasi