Rasman: AQŞda demokratlar Kongress nazoratini qaytarib oldi

Olam

−

image

AQŞ Demokratik partiyasi oraliq saylovlar yakunlariga köra Kongressning Vakillar palatasi va Senatda köpçilik örinni qölga kiritdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Naşr tomonidan e’lon qilingan Senatdagi örinlar taqsimoti xaritasida demokratlar 51 ta örin körsatkiçiga yetdi. Şu tariqa, ular 100 örinli Kongressning yuqori palatasida mustaqil köpçilikni ta’minlaydi.

Saylovlarga qadar respublikaçilar Senatni nazorat qilib, demokratlar va ularning fraksiyasiga kiruvçi mustaqil senatorlarning 47 ta örniga qarşi 53 ta öringa ega edi. Köpçilikni qölga kiritiş uçun demokratlarga özlarining barça örinlarini saqlab qolgan holda respublikaçilardan kamida törtta örinni tortib oliş talab etilar edi.

OAV prognozlariga köra, Dempartiya, şuningdek, Vakillar palatasi ustidan ham nazoratni qölga kiritadi. “Bloomberg” hisob-kitoblariga köra, u Respublikaçilar partiyasidan sakkizta örinni tortib olgan. Bu ularga köpçilik uçun zarur bölgan körsatkiçdan ikki baravar köp.

Keça, 3 noyabr kuni AQŞda Kongressga oraliq saylovlar bölib ötdi. Ungaça respublikaçilar har ikkala palatani nazorat qilayotgan edi. Vakillar palatasida saylovçilar barça 435 nafar kongressmenni, Senatda esa 100 nafar qonunçidan 35 nafarini saylaşlari kerak edi.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp “New York Times” gazetasiga bergan intervyusida Kongressga oraliq saylovlar natijalarini tan olişga va Demokratik partiya vakillari bilan işlaşga tayyorligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing