Sanksiyalar sabab ilk Rossiya kompaniyasi defoltga uchradi – “Bloomberg”
Olam
−
11 aprel 2022 15287 1 daqiqa
“Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi yevrobondlar bo‘yicha majburiyatini bajara olmagani uchun defoltga uchradi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi Kredit derivativlari qo‘mitasiga tayanib, xabar bermoqda.
Gap to‘lov muddati 14 mart bo‘lgan Shveysariya frankidagi yevroobligatsiyalar haqida bormoqda. “Rossiya temir yo‘llari” to‘lovni amalga oshirishga uringan, biroq unga nisbatan kiritilgan sanksiyalar tufayli buni uddalay olmagan.
“The Bell” nashrining yozishicha, “Rossiya temir yo‘llari” defolt deb tan olingan birinchi Rossiya kompaniyasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, G‘arb davlatlari Rossiyani defolt deb e’lon qilsa, Moskva sudga murojaat qilish niyatida.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025