Sankt-Peterburgdagi janjalda O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi
Olam
−
24 avgust 2021 7925 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan ommaviy janjalda O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgning Krasnoselckiy tumanida joriy yilning 22 avgust kuni ommaviy janjal sodir bo‘lgan. Janjaldan so‘ng, 4 kishi qo‘lga olingan. Ulardan uch nafari O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari.
Qayd etilishicha, mojaro paytida O‘zbekiston fuqarosi pichoqlangan va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 2-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 213-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi