Sankt-Peterburgda niqob rejimi joriy etildi
Olam
−
20 dekabr 2023
6174Sankt-Peterburgda joriy yilning 20 dekabr, chorshanba kunidan ommaviy tadbirlarda qatnashish uchun niqob taqish tartibi joriy etildi. Sankt-Peterburg shahri bosh davlat sanitariya vrachi Natalya Bashketova O‘RVI, COVID va yuqumli pnevmoniyaning oldini olish choralarini kuchaytirish maqsadida tegishli farmonni imzoladi va u Rospotrebnadzor shahar boshqarmasi saytida e’lon qilindi.
Hujjatda keltirilishicha, bir oy davomida Sankt-Peterburgda O‘RVI va gripp bilan kasallanganlar soni kattalar orasida 119 foizga, bolalar orasida esa 65 foizga oshgan. COVID bilan kasallanish ko‘rsatkichi esa 62,5 foizga yuqorilagan.
Shu bois, ahvoli og‘ir bemorlar uchun shifoxonalarda yangi o‘rinlarni tashkil qilish bilan bir qatorda, niqobli rejim joriy etilmoqda. Xodimlar va og‘ir bemorlarga yordam beradiganlardan tashqari barchaga bunday shifoxona eshiklari yopiladi.
O‘RVI, gripp va COVID bilan kasallanganlar soni 20% dan oshadigan sinflar bir hafta davomida masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Agar guruh yoki sinfdagi ikki kishiga yuqumli pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, ular 10 kungacha tahsil olmaydilar. 10 dan ortiq bemor aniqlangan ta’lim muassasasining ishi xuddi shu muddatga to‘xtatiladi.
Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda tashkilotchilar uchun ham niqob taqish talab qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yoz oylarida JSST dunyo davlatlarini niqob rejimiga qaytishga chaqirgan edi.
LiveBarchasi