Sankt-Peterburgda migrantlarni qizamiqqa qarshi majburiy emlash boshlandi

Olam

image

Sankt-Peterburgda “Rospotrebnadzor” shahardagi ish beruvchilarga yollangan xorijliklarni qizamiqqa qarshi vaksina bilan ta’minlashni buyurdi. Tegishli farmonni shahar bosh sanitar shifokori Nataliya Bashketova imzoladi.

“Sankt-Peterburg hududidagi mehnat faoliyatiga chet el fuqarolarini jalb qilgan ish beruvchilar qizamiqqa qarshi emlanmagan, kasal bo‘lmagan va kasallik haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan ushbu xorijiy fuqarolarni qizamiq kasalligiga qarshi emlashni ta’minlashi kerak”, deyiladi hujjat matnida.

Qarorda ta’kidlanishicha, 2023 yil boshidan buyon shaharda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashgani boshqarma tomonidan qayd etilgan va aniqlangan 31 ta holatdan sakkiztasi orttirilgan deb topilgan. Kompaniyalar yil oxirigacha xorijlik ishchilarni emlashlari shart. Migrantlarni emlash bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish shahar gigiyena va epidemiologiya markazi bosh vrachiga yuklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg migrant vaktsina qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing