San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tashkil etildi
Madaniyat-san’at
−
26 may 2020 8893 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmonga muvofiq, madaniyat va san’at sohasi vakillarining San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasini (keyingi o‘rinlarda – Palata) tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, Palata mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilot hisoblanishi belgilandi.
Madaniyat vazirligi Palata faoliyatining dastlabki bosqichlarida uni qo‘llab-quvvatlash uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m ajratilishini ta’minlanadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A.Musayev, madaniyat vaziri O.A.Nazarbekov Palata hamda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan boshqa tashkilotlar faoliyatini tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashishi belgilandi.