Endi to‘ylarga 2 nafardan ortiq san’atkor chaqirish taqiqlanadi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2019
8246Oilaviy yig‘in va tadbirlarda 2 nafardan ortiq xonandaning yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, xonanda yoki guruhlarning oilaviy tadbirlarda ishtirok etishi qonun hujjatlariga muvofiq, shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Bu yangilik bugun, 14 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlis Senati Kengashining "To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qo‘shma qarori asosida qabul qilingan Nizomda aytilgan. Bu qoida 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzoning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlarga mos ravishda ixcham va kamxarj o‘tkazishga erishish uchun san’atkorlar tomonidan konsert xizmatini ko‘rsatishni tartibga solish choralarini ko‘rishi belgilangan.
LiveBarchasi