San’atkorni “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuviga chiqarish uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
17 aprel 2023
16233Samarqandda o‘zini boshlovchi deya tanishtirib, fuqaroni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro samarqandlik san’atkorga o‘zini “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuvining boshlovchisi deya tanishtirgan. U san’atkorga ushbu ko‘rsatuvga chiqarib berishni va’da qilib, undan 1 500 000 so‘m miqdordagi pullarni o‘zining plastik kartasiga tushirib olgan.
Shundan so‘ng, chuv tushgan san’atkor viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlarida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi 36 yoshli fuqaro sodir etgan aniqlangan.
Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi