O‘zbekiston 84 nafar fuqarosini Uxandan olib keldi

Jamiyat

image

Xitoyning Uxan shahridan kelgan maxsus charter reys Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Samolyotda 84 nafar yo‘lovchi, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan ta’minlangan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.

Avvalroq, Xitoy poytaxti Pekindan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilingandi. Ular ham xavfsizlik nuqtai nazaridan 14 kun karantinga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

virus Uxan'

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing