Samarqanddagi OTMda ham yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Kecha, 1 oktyabr kuni Samarqand viloyatidagi Arxitektura-qurilish institutida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor ko‘chasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea joyiga soat 23:54 da yetib borgan. Soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida eski qurilish mahsulotlari  yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

“Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made