Samarqanddagi mehmonxonadan ayol murdasi topildi
3-sahifa
−
01 avgust 2023
19647Samarqanddagi mehmonxonadan 30 yoshli ayolning murdasi topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahri “Nurli yo‘l” mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayoning murdasi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ammo prokuratura bu qotillik qachon sodir bo‘lgani, hodisaga nima sabab bo‘lganini bayon etmagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 239-uyda ijarada turuvchi 32 yoshli Olga Leonteva ismli ayol, joriy yilning 24 iyul kuni yo‘qolib qolgan. Ayolning yaqinlari uning yo‘qolgani haqida e’lon bergan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u o‘zi yashaydigan uyning liftiga kirgan lift ishlamay qolgani sababli o‘sha yerda qamalib qolgan. Lift yuqori qavatda to‘xtab qolgani va binoga hali odamlar to‘liq ko‘chib kelmagani uchun qo‘shnilari uning yo‘qolganini payqamagan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Ayolning jasadi 27 iyul kuni kechqurun topilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.