Toshkentda ayol elektr o‘chgani sababli liftda qamalib, vafot etgani aytilmoqda
3-sahifa
−
28 iyul 2023
13751Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 32 yoshli ayol elektr o‘chib qolgani sababli liftda qamalib qolib, vafot etgani haqidagi xabar tarqalmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 239-uyda ijarada turuvchi 32 yoshli Olga Leonteva ismli ayol, joriy yilning 24 iyul kuni yo‘qolib qolgan. Ayolning yaqinlari uning yo‘qolgani haqida e’lon bergan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u o‘zi yashaydigan uyning liftiga kirgan va elektr o‘chib qolgani sababli o‘sha yerda qamalib qolgan. Lift yuqori qavatda to‘xtab qolgani va binoga hali odamlar to‘liq ko‘chib kelmagani uchun qo‘shnilari uning yo‘qolganini payqamagan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Ayolning jasadi kecha, 27 iyul kuni kechqurun topilgan.
Hozircha holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan munosabat bildirilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi mamlakatda elektr energiyasining kunlik va soatlik iste’moli hajmi “anomal issiq” fonida yillik rekordlarni yangilaganini ma’lum qilgandi.