Samarqandda zo‘rlangani aytilgan qizning jasadi kanaldan topildi
3-sahifa
−
12 Oktabr 2022
28319Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tuvchi kanalda bir oy oldin zo‘rlanganligi xaqida ariza yozgan yosh qizning jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 oktyabr kuni Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasi hududida joylashgan “Yerteshar” suv taqsimlash kanalida Samarqand shahrida yashagan 18 yoshli Yu.M. (ayol)ning murdasi topilgan.
Mazkur o‘lim sababini va boshqa holatlarni aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi hamda tegishli xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish mobaynida videoxabarda ko‘rsatilgan boshqa holatlarga ham o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.